Polkalardagi AI nazorati orqali distribyutorlar savdoni qanday oshiryapti
Bugungi kunda savdo polkasida yutish — bu narx emas, ko‘rinish va to‘g‘ri joylashuvga bog‘liq. Mahsulotingiz noto‘g‘ri joyda tursa yoki umuman polkada bo‘lmasa — siz xarajatga kirasiz.
Oldin bu holatni faqat supervayzer yuborib yoki savdo vakilining fotosiga ishonib bilsa bo‘lardi. Endi esa zamonaviy yechim mavjud —
Smartup’ning AI Shelf Recognition texnologiyasi.
AI Shelf Recognition nima?
Bu sun’iy intellekt asosidagi tizim bo‘lib, savdo nuqtasida olingan fotosuratlar orqali:
- Mahsulot polkada bormi?
- To‘g‘ri joylashtirilganmi (planogrammaga mosmi)?
- Nechta SKU va facing bor?
- Raqobatchilar bilan taqqoslaganda sizning ulushingiz qancha?
bularning barchasini bir necha soniyada, oddiy smartfondan foydalangan holda aniqlaydi.
Qanday muammolarni hal qiladi?
1. Qo‘lda foto ko‘rib chiqishga hojat yo‘q
AI avtomatik ravishda tahlil qiladi. Sizga hech narsani solishtirish shart emas.
2. Soxta vizit va foto “uchun” emas
Faqat real va joylashuvli suratlar qabul qilinadi.
3. Nuqta va hududlar bo‘yicha analitika
Qayerda mahsulotingiz yo‘q yoki noto‘g‘ri joylashganini bilib olasiz.
4. Tarmoq bilan muzokaralar uchun faktlar
Polka ulushi bo‘yicha ma’lumot — savdo shartlarini yaxshilashga asos bo‘ladi.
Nega bu distribyutorlar uchun muhim?
Agar siz FMCG, farmatsevtika, avtomobil ehtiyot qismlari yoki qurilish materiallari bilan ishlasangiz — polkadagi mavjudlik = savdo.
AI Shelf Recognition yordamida siz:
- Mahsulot mavjudligini doimiy nazorat qilasiz
- Merchandiser va savdo vakilining ishini baholaysiz
- Brendni to‘g‘ri taqdim etasiz
- Hisobot asosida motivatsiyani bog‘lay olasiz
Smartup’da bu qanday ishlaydi?
- Savdo vakili Smartup ilovasi orqali polkani suratga oladi
- AI brendlar, SKU va ulushlarni aniqlaydi
- Vositani yakunlash uchun polka nazorati bo‘lishi majburiy
- Rahbarlar aniq va visual hisobot oladi
Barchasi 1 daqiqadan kam vaqt oladi.
Xulosa
AI Shelf Recognition — bu nazorat, samaradorlik va savdo o‘sishining yangi bosqichi.
Bu texnologiya inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan holda aniq va tezkor nazoratni ta’minlaydi.
Demo so‘rashni xohlaysizmi?
Smartup’ni amalda qanday ishlashini ko‘ring va polkalarni to‘liq nazoratga oling.