Distributsiyada debitorlik qarzdorligini kamaytirish – amaliy yechimlar
Distributsiyada debitorlik qarzdorligini kamaytirish – amaliy yechimlar
Distributsiyada savdo hajmi yuqori, jamoa kuchli, mahsulot zo‘r bo‘lishi mumkin. Ammo agar sizning debitorlik qarzdorligingiz nazoratdan chiqqan bo‘lsa, siz foydadan emas, zarar ko‘rayapsiz.
Mijozlar to‘lovni kechiktiradi, hisob-fakturalar to‘lanmaydi, savdo bo‘limi esa qo‘lida daftar bilan pul “so‘rab yuradi”. Agar bu jarayon avtomatlashtirilmagan bo‘lsa — siz mijozlaringizni o‘z hisobingizdan moliyalashtirasiz.
Smartup qanday qilib bu muamмони ҳал қилишини ва дебиторликни аниқ тизимга айлантиришини қуйида кўрсатамиз.
Nega qarzdorlik ortadi?
Asosiy sabablar oddiy:
Savdo vakili mijozning qarzini bilmaydi
Buyurtma “ishonch asosida” qabul qilinadi, to‘lov tekshirilmaydi
Llimitlar yo‘q yoki e’tiborga olinmaydi
To‘lov, qarz va muddati bir tizimda ko‘rinmaydi
Savdo va moliya bo‘limlari alohida ishlaydi
Natijada: qarzdor mijoz yana buyurtma beradi. Qarzdorlik o‘sadi. Pul haftalab “osilib turadi”. Kassa bo‘shab ketadi, biznes esa qiyin moliyaviy bosim ostida qoladi.
Smartup bu muammoni qanday hal qiladi?
Smartup tizimida debitorlikni boshqarish kunlik savdo ishlariga to‘liq integratsiyalashgan. Bu alohida hisobot emas — bu real vaqtli nazorat vositasi.
Asosiy funksiyalar:
Qarz muddati o‘tgan mijozlarga avtomatik blokirovka
Mijoz belgilangan limitdan oshsa — buyurtma topshira olmaydi.
Limitlar summaga, muddatga yoki kechiktirilgan kunlarga asoslanadi.
Mobil ilovada qarzdorlik bo‘yicha to‘liq ma’lumot
Savdo vakili mijozning qarzi, oxirgi to‘lovi, muddatini joyida ko‘radi.
1C yoki boshqa buxgalteriya tizimlari bilan integratsiya
Hamma bo‘lim bir xil, yangilangan ma’lumot bilan ishlaydi.
Hudud, jamoa yoki mijoz bo‘yicha analitika
Qaerda kechikishlar ko‘p, kim nazorat qilmayapti — barchasi ko‘rinadi.
Nima natijani kutish mumkin?
Smartup’ning qarzdorlik moduli joriy etilgan kompaniyalar:
30–60% gacha kechiktirilgan qarzdorlikni qisqartirishga erishmoqda
Pul aylanishini sog‘lomlashtiradi, kassa tanqisligini kamaytiradi
Savdo va moliya bo‘limlari o‘rtasidagi tortishuvlar kamayadi
Mijozlar va savdo vakillari yanada intizomli bo‘ladi
Xulosa
Debitorlik bu “ish jarayonining bir qismi” emas — bu nazorat ostiga olinishi shart bo‘lgan moliyaviy xatar.
Smartup yordamida siz qarzdorlikni boshqaruvga aylantirasiz — jadval bilan emas, tizimli nazorat bilan ishlaysiz.
Amalda qanday ishlashini ko‘rmoqchimisiz?
Smartup demo versiyasini so‘rang va qarzdorlik ustidan nazoratni bugun boshlang!